Sotishdan Keyingi Xizmat
the II Flowserve Technical Seminar titled “Innovative Solutions Using Flowserve Equipment in Uzbekistan’s Industrial Enterprises” was successfully held in Tashkent.

Toshkentda Flowserve’ning II Texnik Seminarı: Oʻzbekiston sanoati uchun innovatsion yechimlar

2025-yil 8–10 aprel kunlari Toshkent shahrida Flowserve’ning II Texnik Seminarı
“Flowserve uskunalaridan foydalanilgan innovatsion yechimlar Oʻzbekiston korxonalarida” mavzusi ostida muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Tadbir Flowserve — sanoat nasoslari, klapanlar, muhrlar va oqimni boshqarish tizimlari bo‘yicha dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri — hamda uning Oʻzbekistondagi rasmiy distribyutori DYNATEC hamkorligida tashkil etildi.

Bu Oʻzbekistonda oʻtkazilgan ushbu darajadagi ikkinchi seminar bo‘lib, u mahalliy sanoat korxonalarining ilg‘or muhandislik yechimlari va Flowserve’ning yangi texnologiyalariga bo‘lgan katta qiziqishini yana bir bor tasdiqladi.

Neft-gaz va kimyo sanoatining yetakchi korxonalari vakillariga, shuningdek, Oʻzbekiston ishlab chiqarish sektori texnik mutaxassislariga faol ishtiroklari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Alohida minnatdorchilik — o‘z bilimlari, tajribasi va fidoyiligi bilan tadbirning qiymatini oshirgan Flowserve ekspertlar jamoasiga.

Seminarning asosiy yo‘nalishlari

Ishtirokchilar Flowserve’ning zamonaviy texnologik yechimlari bilan tanishish, shuningdek, real ishlab chiqarish muammolari va ularning samarali yechimlarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Dastur quyidagi keng qamrovli mavzularni o‘z ichiga oldi:

  • Markazdan qochma nasoslar ekspluatatsiyasi: eng yaxshi amaliyotlar, uskunani baholash va optimallashtirish.
  • Aftermarket muhandislik yechimlari: RVX dasturi, Red Raven IoT raqamli yechimlari.
  • Murakkab muhitlar uchun mexanik muhrlar: diagnostika va nosozliklarni bartaraf etish.
  • Yengil uglevodorodlar va issiq suv uchun muhrlar: ishonchlilik va xavfsizlikni oshiruvchi texnologiyalar.
  • Keyingi avlod nasos texnologiyalari: Innomag, Mark 3 va issiq suv uchun MS turidagi uskunalar.
  • Energiya samaradorligini oshirish dasturi: ishlab chiqarishda energiya sarfini kamaytirish usullari.
  • Quruq gaz kompressor muhrlari: Gaspac LE, Gaspac ZE va Axialpac tizimlari.
  • Uskunani modernizatsiya qilish va qayta jihozlash: samaradorlikni oshirish va xizmat muddatini uzaytirish.
  • Nasos tizimlarini modernizatsiya qilish boʻyicha innovatsiyalar.

Spikerlar

  • Krzysztof Wajzak (Polsha) – Kompressor muhrlari boʻyicha mutaxassis, 32 yil tajriba (Flowserve)
  • Pascal Duda (Niderlandiya) – Bizneslarni rivojlantirish menejeri, EMA (Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika), 22 yil tajriba
  • Savad Shakaryants (Niderlandiya) – Texnik boʻlim boshlig‘i, 11 yil tajriba
  • Andrea Tesoro (Italiya) – Savdo va biznes rivojlantirish menejeri, 26 yil tajriba
  • Baptiste Yurel (Fransiya) – Mintaqa bo‘yicha distribyutorlar menejeri, 12 yil tajriba

Seminar bilim almashish maydonchasi bo‘lish bilan birga, sanoat mutaxassislari va Flowserve ekspertlari o‘rtasida faol professional muloqot muhitiga aylandi.
Tadbir davomida korxonalar duch kelayotgan amaliy texnik muammolar va ularni zamonaviy texnologiyalar yordamida hal etish yo‘llari batafsil muhokama qilindi. Ochiq formatli muloqot tomonlarga tajriba almashish va uskunalar ekspluatatsiyasiga oid muhim savollarni ko‘tariishga imkon berdi.

Biz ishonamizki, bunday seminarlar ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirishga, texnik savodxonlikni kengaytirishga va yanada asosli muhandislik qarorlarini qabul qilishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, bu uchrashuvlar ishlab chiqaruvchi va yakuniy iste’molchi o‘rtasidagi uzoq muddatli o‘zaro tushunishni mustahkamlaydi. DYNATEC esa hamkorlikning barcha bosqichlarida ishonchli va ochiq ko‘prik bo‘lib qoladi.

Ishtirokchilar tadbirning yuqori darajada tashkil etilganini, dastur mazmunining boyligini va materiallarning amaliy ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
Flowserve va DYNATEC yaqin kelajakda ham innovatsion yechimlarni joriy etish hamda Oʻzbekiston sanoat obyektlarining barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muntazam seminarlarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Leave a comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan