Dynatec sanoat uskunalarining rasmiy yetkazib beruvchisi va yetakchi xalqaro ishlab chiqaruvchilarning servis hamkoridir. Kompaniya mustahkam ishbilarmonlik obro‘siga ega bo‘lib, O‘zbekistonning asosiy sanoat tarmoqlarida uskunalarni yetkazib berish, texnik xizmat ko‘rsatish va texnik hamrohligi bo‘yicha loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.
Biz xalqaro tajribani kuchli mahalliy jamoa bilan birlashtirib, mijozlar uskunalarining samaradorligi, ishonchliligi va xizmat muddatini oshiramiz.
Biz aniq ishlab chiqarish ehtiyojlariga mos optimal yechimlarni tanlashda yordam beramiz, bunda energiya samaradorligi, ishonchlilik va umumiy operatsion samaradorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratamiz. Tanlash va joriy etishning barcha bosqichlarida to‘liq texnik ko‘mak bilan yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarining uskunalarini taklif qilamiz.
Biz hamkorlarimiz uskunalari uchun professional servis xizmatlarini ko‘rsatamiz. Flowserve kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda mexanik muhrlarni ta’mirlash va servis qilish bo‘yicha birinchi ixtisoslashtirilgan servis markazini tashkil etdik. Markaz Yevropa uskunalari bilan jihozlangan va Flowserve’ning yuqori xalqaro standartlariga to‘liq mos keladi.
Biz ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri original ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va sarf materiallarini yetkazib beramiz. OEM hamkorlar bilan yaqin hamkorlik va yuqori darajadagi texnik tajribamiz tufayli servis xizmatlarini eng yuqori darajada ta’minlab, uskunalarning barqaror va uzoq muddatli ishlashini kafolatlaymiz.
Sanoat IoT sohasiga ixtisoslashgan singil kompaniyamiz Imbu bilan hamkorlikda uskunalarni monitoring qilish va diagnostika qilish uchun raqamli yechimlarni joriy etamiz. Bu ishlab chiqarish jarayonlari shaffofligini oshirish, profilaktik xizmatni oldindan rejalashtirish va rejasiz to‘xtalishlarni minimallashtirish imkonini beradi.
Bir klikda ta’mirlash uchun ariza
Interaktiv onlayn forma orqali bir necha daqiqada ta’mirlashga ariza topshirish.
Hujjatlar va chizmalarni yuklash
Fayllarni (PDF, DWG, PNG) to‘g‘ridan-to‘g‘ri portalga yuklash imkoniyati.
Raqamli hisobotlar va tarix
Tekshiruv natijalari, fotosuratlar va yakuniy servis hisobotlariga istalgan vaqtda kirish.
Tezkor texnik ekspertiza
Arizalar darhol mutaxassislarga yo‘naltiriladi.
Transport hujjatlarini yaratish
Barcha zarur transport hujjatlari avtomatik tarzda yaratiladi.
Jarayonni real vaqtda kuzatish
Ta’mirlashning har bir bosqichini qulay vizual vaqt jadvali orqali nazorat qilish.
Dynatec — yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarining original uskunalari bo‘yicha rasmiy distribyutori hisoblanadi. Bizning aksariyat yechimlarimiz har bir korxonaning aniq texnik talablari, ish sharoitlari va maqsadlariga muvofiq individual tarzda loyihalashtiriladi.
Biz muhandislik uskunalarini ishlab chiqaruvchilar bilan yaqin birgalikda tanlaymiz, bu esa har bir loyiha uchun optimal samaradorlik, energiya tejamkorligi, ishonchlilik va uzoq xizmat muddatini kafolatlaydi.








Mualliflik huquqi © 2021 Dynatec. Barcha huquqlar himoyalangan.