Hamkorlar Sotishdan Keyingi Xizmat Yangiliklar

Dynatec kompaniyasining Toshkentdagi ofisi asosida Flowserve kompaniyasi ko‘magida Servis markazi ish boshladi

2025-yil mart oyida Dynatec kompaniyasi Flowserve ko‘magida Toshkent shahrida Servis markazini (Quick Response Center, QRC) rasman ishga tushirdi. Ushbu markaz O‘zbekistonda birinchi marta mexanik muhrlarga servis ko’rsatish, ta’mirlash va sinovdan o‘tkazishga ixtisoslashgan maydon bo‘lib, mamlakatning neft-gaz, kimyo va energetika sohalari uchun mahalliy servis infratuzilmasini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Zamonaviy ustaxona va servis jarayonlarining to‘liq sikli

Servis markazi mexanik muhrlarni tiklash bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshirish imkonini beruvchi professional uskunalar bilan jihozlangan:

  • qismlarga ajratish, tozalash va defektatsiya;
  • yuqori aniqlikdagi stanoklarda ishchi yuzalarni silliqlash;
  • silliqlash sifatini 0,3–1 mikron aniqlikkacha optik nazorat qilish;
  • API 682 standarti bo‘yicha 25 PSI (1,7 bar) bosimda statik sinov va testlar;
  • maxsus moylash materiallari va komponentlardan foydalangan holda yakuniy yig‘ish.

Jahon darajasidagi infratuzilma va uskunalar

Ustaxona quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • qismlarga ajratish, tozalash va yig‘ish uchun alohida zonalar;
  • yuvish uskunalari, silliqlash qurilmalari va burg‘ulash stanoklari;
  • geometriyani nazorat qilish uchun yuqori aniqlikdagi optik qurilmalar (mono light);
  • turli turdagi mexanik muhrlar bilan ishlash uchun ko‘tarish va sinov uskunalari.

API 682 standarti bo‘yicha sinov stendi germetiklik testlarini o‘tkazish va xalqaro talablar muvofiqligini tasdiqlash imkonini beradi.

Kengaytirilgan servis imkoniyatlari

Markaz quyidagi kompleks xizmatlarni taklif etadi:

  • mexanik muhrlarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish;
  • nosozliklarni tahlil qilish va texnik ekspertiza;
  • ehtiyot qismlar, muhrlar to‘plami va muftalarni yetkazib berish;
  • buyurtmachining obyektida servis ishlari — demontajdan ishga tushirishgacha;
  • API standartlari bo‘yicha muhrlash tizimlari va muhandislik yechimlari bo‘yicha texnik qo‘llab-quvvatlash.

Mahalliy servis rivoji yo‘lidagi muhim qadam

Toshkentda Servis markazining ochilishi uskunalarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish muddatlarini sezilarli darajada qisqartirish, Flowserve’ning original servis yechimlariga bo‘lgan kirishni oshirish hamda sanoat korxonalarining nasos parkini yuqori darajada ishonchli ishlashini ta’minlash imkonini beradi.

Dynatec Flowserve bilan hamkorlikda mahalliy ekspert salohiyatini mustahkamlash va servis imkoniyatlarini kengaytirishni davom ettiradi.

Leave a comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan